Rossiya «Markaziy Osiyo — Markaz» gaz quvuri orqali 2025 yilda Özbekistonga gaz yetkazib beriş hajmini oşirişni davom ettirdi va umumiy eksport 30 foizga ösib, 7 mlrd kub metrdan oşdi, deya xabar berdi Xalqaro energetika agentligi.

«Markaziy Osiyo mamlakatlarida tabiiy gaz işlab çiqariş turli tendensiyalarni namoyon etdi. 2025 yilda Turkmanistonda işlab çiqariş hajmi taxminan 3 foizga oşib, 80 mlrd kub metr böldi. Aksinça, Özbekistonda qazib oliş 2025 yilning dastlabki 11 oyida yillik hisobda 4,5 foizga (2 mlrd kub metr) kamaydi. Bu mamlakatda yuqori bosqiç infratuzilmasining işonçliligi pasayib borayotgani bilan izohlanadi. Qozoğistonda esa 2025 yilning dastlabki 11 oyida sotuvga çiqariladigan gaz qazib oliş hajmi yillik hisobda 10 foizdan ortiqqa (taxminan 3,5 mlrd kub metr) köpaydi», deyiladi hisobotda.

2025 yilda Markaziy Osiyodan Xitoyga quvur orqali gaz eksporti taxminan 5 foiz yoki 2,5 mlrd kub metrdan köproqqa kamaygan.

Avvalroq, 2025 yilda Özbekistonda gaz qazib oliş hajmida 2,4 foizlik ösiş qayd etilgani xabar qilingandi. Xususan, 2025 yilda 42,3 mlrd kub gaz qazib olingan, bu körsatkiç 2024 yilda 41,3 mlrd kubni taşkil etgan. E’tiborga molik jihati, 2024 yilning yakunlari böyiça e’lon qilingan hisobotda gaz qazib oliş hajmi 44,6 mlrd kubni taşkil etgani körsatib ötilgandi. Yil yakuni böyiça raqamlarning birdan özgarib qolgani böyiça rasmiy munosabat bildirilmadi.