Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘prik ustida ikkita avtomobil to‘qnashdi
Yakkasaroy tumanida Muqimiy ko‘chasidagi ko‘prik ustida «Malibu-2» va Tracker rusumli avtomobillar o‘zaro to‘qnashdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Joriy yilning 23 yanvar kuni soat 00:55 larda Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasidagi ko‘prik ustida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 2006 yilda tug‘ilgan X.M. boshqaruvidagi «Malibu-2» hamda 1982 yilda tug‘ilgan J.T. boshqaruvidagi Tracker rusumli avtomobillar to‘qnashgan.
Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuvdan so‘ng «Malibu-2» haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomobil yoritkich ustuniga borib urilgan va shu tariqa yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborotiga ko‘ra, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan YHXB haydovchilarni belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilish, shuningdek, harakat vaqtida oraliq masofani saqlab harakatlanishga chaqirdi.
Mavzuga oid
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
12:00 / 15.05.2026
Qarsaklar bilan yakunlangan sud: Yakkasaroydagi yashil hudud va futbol maydonchasi saqlab qolindi
19:01 / 10.05.2026