Yevropa komissiyasi Ukrainaga umumiy qiymati 3,7 million yevro bölgan 447 ta favqulodda (avariyaviy) generator yuboradi. Bu generatorlar Rossiyaning energetika infratuzilmasiga töxtovsiz zarbalari tufayli zarar körgan kasalxonalar, boşpanalar va hayotni ta’minlaş xizmatlarida elektr ta’minotini tiklaş uçun möljallangan.
Yevrokomissiya 23 yanvar, juma kuni e’lon qilgan bayonotga köra, uşbu hujumlar oqibatida havo harorati −20°C bölgan şaroitda Ukrainada bir million kişi yoruğlik va issiqliksiz qolgan.
Hujjatda aytilişiça, generatorlar Ukraina Qizil Xoç jamiyati bilan hamkorlikda eng köp zarar körgan hududlarga taqsimlanadi. Yevrokomissiya vakili Yeva Grinçirova kundalik brifingda şunday dedi: “Biz Rossiyaga Ukrainani muzlatib qöyişga yöl qöymaymiz. Rossiya qoronğilikni yoygan joylarga biz yoruğlik va issiqlik olib kelyapmiz”.
23 yanvar, juma kuni Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro BFM telekanaliga Fransiya G7 davlatlari, şuningdek Şimoliy Yevropa va Boltiqböyi mamlakatlari bilan Ukraina energetika tizimini qöllab-quvvatlaşni muvofiqlaştiriş uçun yiğiliş ötkazişini aytgan.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina şaharlari va energetika infratuzilmasiga öq uzişda davom etyapti. Biz Ukrainaga yordam berişda davom etamiz”, — dedi Barro.
Uning qöşimça qilişiça, Fransiya Ukrainaga umumiy quvvati 13 megavatt bölgan taxminan 100 ta generator beradi. Uning sözlariga köra, onlayn uçraşuv davomida boşqa davlatlar ham Kiyevga qöşimça yordam haqida bayonot berişi kutilmoqda.
Ukraina poytaxti uçinçi haftadirki, Rossiyaning energetika infratuzilmasiga ommaviy hujumlari oqibatlari bilan kuraşmoqda. Kiyev şahar hokimi Vitaliy Kliçko ma’lumotiga köra, 23 yanvarga kelib şaharda 1940 ta köp qavatli uy issiqlik ta’minotisiz qolgan. U aniqlaştirişiça, bu uylarning “katta qismi şaharning çap sohilida, Peçersk tumanida, qolgan qismi — Goloseyev va Solomen tumanlarida”.
Bundan taşqari, Ukraina energetika vazirining birinçi örinbosari Artyom Nekrasov xabar berişiça, 23 yanvarga kelib RF qöşinlarining tungi zarbalari oqibatida Sumi, Dnipropetrovsk, Xarkiv va Zaporijjya viloyatlarida iste’molçilar elektrsiz qolgan.
“Avariyaviy-tiklaş işlari barça hududlarda olib borilmoqda”, — dedi u.













