Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda umumiy ovqatlanish korxonalari aylanmasi sezilarli ko‘paydi
2025 yilda O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi barqaror o‘sishni qayd etgan. Kafe va restoranlarning savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘paygan.
Foto: afisha.uz
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga muvofiq, 2026 yil 1 yanvar holatiga respublikada umumiy ovqatlanish sohasida 26 390 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ular qatoriga kafe, restoran, oshxona, tez tayyor taomlar nuqtalari va boshqa ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’yektlar kiradi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda umumiy ovqatlanish korxonalarining jami savdo aylanmasi 237,6 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 14,7 foizga oshgan.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi o‘sishga aholi daromadlarining ortishi, shaharlarda xizmat ko‘rsatish madaniyatining rivojlanishi, ichki turizm faollashuvi hamda yangi kafe va restoranlar sonining ko‘payishi ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:37 / 19.05.2026
O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan ko‘chib kelinmoqda
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026