Markaziy bank doimiy ravişda ölçovli oltin quymalarining narxlarini yangilab boradi. 26 yanvarda e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 5 grammli oltin quymasining narxi 10 mln 36 ming sömni taşkil qildi. Quymalar narxi 1 gramm uçun 2 mln 7 ming sömga baholanyapti.
2026 yilning boşidan beri oltin quymalar qariyb 16 foizga qimmatlaşdi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston Markaziy banki oltin va kumuşdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga çiqargan. 2020 yil noyabridan boşlab esa özbekistonliklarda jamğarmalarini quyma oltin şaklida saqlaş imkoniyati ham paydo böldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga çiqardi.
Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib çiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta körib çiqiladi. Şunga köra, narxlar doimiy özgaruvçan xarakterga ega böladi.
100 grammli oltin quymalar Özbekistonda 2025 yil 17 yanvardan boşlab sotuvga çiqarilgan.
Jahon bozorida ham qimmatbaho metall bahosi unsiyada allaqaçon 5000 dollardan oşib, yangi psixologik nuqta — 5100 dollarga yaqinlaşyapti. Narxlarni rağbatlantirayotgan asosiy omillar sifatida geosiyosiy keskinlikning saqlanib qolayotgani, AQŞ dollarining zaiflaşuvi va Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalarini pasaytirişi mumkinligi haqidagi kutilmalar keltirilyapti.












