Namanganda insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, YTH 25 yanvar kuni soat 6:30 larda Çust tumanining Damobod mahallasi hududida sodir bölgan. 1999 yilda tuğilgan A.Yu. Cobalt maşinasini katta tezlikda boşqarib ketayotib, rulda uxlab qolgan. Oqibatda maşina yölning qarama-qarşi tomonidan kelayotgan, 1961 yilda tuğilgan haydovçi I.E. boşqaruvidagi Isuzu avtobusi bilan töqnaşgan.

YTHda Cobalt haydovçisi va unda yölovçi sifatida ketayotgan 20 yoşli X.S. voqea joyida halok bölgan. Yana bir yölovçi esa şifoxonada vafot etgani aytilmoqda.

Şuningdek, avtobusda bölgan yölovçilardan 5-6 kişi turli darajada tan jarohati olişgan. Avtobus haydovçisi Damobod mahallasida yaşovçi fuqarolarni Çust tumani Qodirobod mahallasi hududida joylaşgan temirni qayta işlaş sexiga olib ketayotgan bölgan.

Bu sönggi 20 kunda OAVda yoritilgan, yölovçi avtobuslar bilan boğliq uçinçi YTH. 5 yanvar kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida 47 nafar yölovçisi bölgan avtobus ağdarilib ketişi oqibatida ikki kişi voqea joyida halok bölgan, 9 kişi şifoxonaga yotqizilgandi. 17 yanvar kuni esa Navoiy viloyati Tomdi tumanida yana yölovçi avtobus ağdarilib ketgandi.