Turkiyaning Sabah naşri ma’lumotlariga köra, fojia haqida 24 yanvar kuni keçqurun ma’lum bölgan. Duatepa mahallasida ikkilamçi xomaşyolarni yiğiştirayotgan O.Ç. ismli şaxs Qöyuluboğ köçasidagi çiqindi qutisida turgan öramda ayolning jasadini topgan.

Erkak topilma haqida politsiyaga xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan kriminalistlar konteynerda ayolning boşsiz jasadini topdi. Keyinroq qöşni köçalarni közdan keçiriş çoğida jasadning qolgan qismlari solingan jomadon topildi.

Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, marhum ayolning şaxsi barmoq izlari orqali aniqlangan. U ovçilik va sport anjomlari dökonida işlagan 37 yoşli Özbekiston fuqarosi Durdona Hakimova bölib çiqdi. Keyinroq bu ma’lumotni Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi rasman tasdiqladi. Şuningdek, konsulxona marhum ayolning oilasi bilan aloqada bölib, zarur konsullik-huquqiy yordam körsatayotganini ma’lum qildi.

Diplomatik vakolatxonaning aniqlik kiritişiça, jinoyat izidan Özbekistonning ikki nafar fuqarosi Turkiyadan Gurjistonga uçib ketmoqçi bölganida qölga olingan.

Turkiyaning Hürriyet naşri tergov tafsilotlarini e’lon qildi. Politsiya ma’lumotlariga köra, qotillik Umraniya tumanidagi kvartirada sodir bölgan. Asosiy gumonlanuvçi - D.T. marhuma bilan yaqin munosabatda bölganini tan olgan. Ular taxminan bir yil oldin tanişgan. Uç oy oldin D.T. Turkiyaga borgan va fojiadan 10 kun oldin qotillik sodir bölgan xonadonni ijaraga olgan. Uning sözlariga köra, ular örtasida janjal kelib çiqqan, şunda ayolning orqasiga tört marta piçoq bilan jarohat yetkazgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, D.T. jasaddan qutuliş uçun tanişi 28 yoşli G.K.ni yordamga çaqirgan. Ular birgalikda jasadni bölaklarga ajratib, qismlarni paket va jomadonga joylaştirgan, şundan söng taksi çaqirib, Şişli tumaniga yöl olgan va jasad qismlarini turli çiqindi qutilariga taşlagan.

Tergovga uçinçi şaxs - şeriklarni olib ketayotgan taksi haydovçisi ham jalb qilingan. Tergov uning yuk tarkibi haqida bilgan-bilmaganini aniqlamoqda.

Durdona Hakimovaning öldirilişi Istanbul va Anqarada norozilik namoyişlariga