Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Rossiya yetakchi: O‘zbekiston tashqi savdosida top-10 hamkor
2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Yil davomida tashqi savdoda asosiy ulush an’anaviy yirik hamkorlar hissasiga to‘g‘ri kelib, ayniqsa Osiyo va MDH davlatlari bilan aylanma yuqori saqlanib qolgan.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — 17,2 mlrd;
- Rossiya — 13 mlrd;
- Qozog‘iston — 5 mlrd;
- Turkiya — 3 mlrd;
- Koreya Respublikasi — 1,7 mlrd;
- Afg‘oniston — 1,7 mlrd;
- Germaniya — 1,4 mlrd;
- Fransiya — 1,4 mlrd;
- Hindiston — 1,3 mlrd;
- BAA — 1,3 mlrd.
Raqamlar yaxlitlangan.
Ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, Xitoy va Rossiya O‘zbekiston tashqi savdosida eng yirik sheriklar bo‘lib qolmoqda. Qozog‘iston bilan savdo hajmi ham yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, mintaqaviy logistika, chegaradosh savdo va tovar ayirboshlash imkoniyatlari bu yo‘nalishdagi aylanmani qo‘llab-quvvatlab kelayotganini anglatadi.
Shuningdek, Turkiya bilan tashqi savdoda barqaror yuqori ulush saqlanayotgani qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Koreya Respublikasi va Afg‘oniston (har biri 1,7 mlrd dollar) kelishi, O‘zbekiston savdo aloqalarida ham sanoat-texnologik hamkorlik, ham qo‘shni bozorlar bilan tovar aylanmasi bir vaqtning o‘zida muhimligini ko‘rsatadi.
Yevropa davlatlaridan Germaniya va Fransiya (har biri 1,4 mlrd dollar) top-10dan o‘rin olgan. Bu esa Yevropa bilan savdo-iqtisodiy aloqalar muayyan barqarorlikka ega ekanini, ayrim tovar guruhlari bo‘yicha hamkorlik kengayayotganini anglatadi. Shu ro‘yxatda Hindiston va BAAning (har biri 1,3 mlrd dollar) ham borligi O‘zbekistonning Osiyo va Yaqin Sharq bozorlaridagi savdo faolligi saqlanayotganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
09:10
Xizmatlar bozorida katta o‘sish: ijara, savdo va ko‘chmas mulkda faollik
16:04 / 27.01.2026
2025 yilda sanoat ishlab chiqarishida yetakchi soha - ishlab chiqarish sanoati
15:31 / 27.01.2026
Qo‘shnilar birinchi o‘rinda: O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlar soni 86 mingga yetdi
12:07 / 27.01.2026