Janubiy Koreyaning sobiq birinçi xonimi, sobiq prezident Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiyada aybdor deb topildi.

The Korea Times xabariga köra, sud uni «Birlaştiriş çerkovi» vakillaridan siyosiy moyillik evaziga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy olganlikda aybdor deb topdi va 1 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Hukm hali qonuniy kuçga kirmadi, Kim xonimning advokatlari şikoyat berişi mumkin.

Şuningdek, sud uni jarimaga tortdi va noqonuniy olingan qimmatbaho buyumlarini musodara qildi.

Şu bilan birga, Kim xonim dalillar yetişmasligi bois aksiyalar bilan manipulyatsiya va siyosiy moliyalaştiriş qonunining buzilişi kabi ayblovlar böyiça oqlandi.

Kim 2025 yil avgust oyida hibsga olindi. Bunda uning «Birlaştiriş çerkovi»dan olgan olmos taqinçoği asosiy rol öynadi. Kim birinçi xonim maqomi tufayli «ayblovlar yomğiriga qaramay» 5 yil davomida javobgarlikdan qoçib kelgan.

Kim va uning turmuş örtoği Yun Sok Yol keng qamrovli siyosiy va jinoiy jarayon doirasida hamon tergov qilinmoqda.

Yun Sok Yolning özi 2024 yil dekabr oyida harbiy holat joriy etişga uriniş bilan boğliq ayblovlardan biri böyiça allaqaçon 5 yillik qamoq jazosini olgan va boşqa jiddiyroq işlar böyiça hukmni kutmoqda.