Samarqandda yollanma qotillik jinoyatining oldi olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2002 yilda tuğilgan erkak Toşkent şahrida yaşovçi tanişini öldiriş maqsadida yollanma qotil izlayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan. Şundan söng DXX Samarqand viloyati boşqarmasi, viloyat IIB va prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazişga kirişilgan.

Tezkor tadbirga şartli yollanma qotil jalb etilgan. 24 yoşli buyurtmaçi şartli yollanma qotilga özi bilan kelişmovçiligi bölgan şaxsni öldirişni buyurib, buning evaziga 2 200 dollar berişni va’da qilgan. 27 yanvar kuni Samarqand şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda buyurtmaçi erkak şartli yollanma qotildan grimmlangan murda fotosuratini qabul qilib, unga 2 000 dollar bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Olib borilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida qölga olingan şaxsga özi işlab kelayotgan MÇJning 30 yoşli rahbari Toşkent şahrida yaşovçi qarindoşi bilan oldindan mavjud bölgan nizolari hamda katta miqdordagi qarzi sababli qotil yollaşga buyurtma bergani aniqlangan. Mazkur şaxs ham qölga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) 2-qismi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.