Oktyabr - yangi yil uçun çiptalarni avvaldan bron qiliş uçun eng faol oylardan biri. «Tutu.ru» tahlilçilari dastlabki bronlaş natijalarini e'lon qilişdi, deya xabar beradi Life.

Ma'lum bölişiça, Yevropaga yangi yil çiptalari uçun talab rossiyaliklar orasida deyarli 20 foizga kamaydi, ammo eng kutilmagan holat - birinçi marta Özbekiston eng maşhur yönalişlar reytingida yetakçiga aylandi.

Turli taxminlarga qaramay, qişki bayramlar uçun Yevropaga çiptalar örtaça 2%ga arzonlaşdi. Uzoq xorij mamlakatlariga örtaça çek 1%ga oşdi. Rossiya böylab aviaçiptalar 7 foizga qimmatladi. Qöşni mamlakatlarga yangi yil uçun aviaçipta narxlari örtaça 10%ga ösdi.

«Qiziği şundaki, yangi yilni kutib oliş uçun eng ommabop mamlakatga Özbekiston aylandi, bu davlat ötgan yili reytingning yettinçi poğonasidan joy olgandi. U yerga ötgan yilga qaraganda ikki baravar köp çipta sotildi. Ikkinçi örin Germaniyada, uçinçi Çexiya. Ötgan bayram ta'tillarida Germaniya, Çexiya va Moldova yetakçilik qilgandi. Hozirda sönggi davlat töqqizinçi öringa tuşib ketdi. Armaniston va Gruziyaning maşhurligi ortib bormoqda», - deya ta'kidlab ötişgan «Tutu.ru»dan.

Markaziy Osiyodagi kutilmagan yetakçi haqida töxtalib, ekspertlar statistika köp jihatdan yangi yil ta'tillari paytida uyiga ketadigan, söng Rossiyaga qaytib keladigan mehnat migrantlariga boğliq ekanini bildirişdi. Boşqa bir qismi - sayyohlar bölib, ular dam oliş, diqqatga sazovor joylarni tomoşa qiliş, Çimyonda çanğida uçiş va mahalliy taomlardan bahramand böliş maqsadida bu mamlakatga safar qilişyapti.