Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari 29 yanvar, payşanba kuni Bryusselda bölib ötgan uçraşuvda Eronga qarşi yangi sanksiyalarni tasdiqladi. Diplomatik doiralardagi manbalar xabar berişiça, YeIning çeklov çoralari taxminan 30 jismoniy va yuridik şaxsga nisbatan qöllanadi. Ularning ismlari yaqin vaqt içida Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilinişi kutilmoqda.

Sanksiyalarni qattiqlaştirişga Erondagi ommaviy repressiyalar sabab böldi. Huquq himoyaçilari bahosiga köra, bu mamlakatda yaqinda bölib ötgan ommaviy norozilik namoyişlari vaqtida bir neça ming kişi halok bölgan. YeIga a’zo ayrim davlatlar taşqi işlar vazirlari 29 yanvar kuni yanada dahşatliroq raqamlarni — 30 minggaça qurbon bölişi mumkinligini aytgan. Şuningdek, ön minglab eronliklar hibsga olingani xabar qilinmoqda. Zöravonlik kölamini yaşiriş uçun Tehron internet va telefon aloqasini qattiq blokirovkaga olgan.

Yevropa Ittifoqining Eronga qarşi yangi çoralari YeI hududida sanksiya röyxatiga kiritilgan şaxslarning aktivlarini muzlatişni, YeI davlatlari fuqarolari va kompaniyalariga ularni moliyalaştirişni taqiqlaşni, röyxatdagilarning YeI davlatlariga kirişini man etişni, şuningdek Eronga eksport qilinişi taqiqlangan tovarlar röyxatini kengaytirişni nazarda tutadi.

Uçraşuvning asosiy voqeasi Fransiya pozitsiyasining özgarişi böldi — şu orqali Yevroittifoq Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ni terroristik taşkilotlar röyxatiga kiritdi va uni “Al-Qoida”, HAMAS hamda IŞID bilan bir qatorga qöydi.

Bu qarorni şarhlar ekan, Yevroittifoqning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas: “Bosim (boşqaça fikr bildiriş — tahr.) javobsiz qolmasligi kerak”, — dedi. Uning ta’kidlaşiça, minglab öz fuqarolarini öldiradigan har qanday rejim öz qulaşiga zamin tayyorlaydi.

Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful esa IIMK va uning yordamçi tuzilmalarini “Eron rejimi qassoblari” deb atadi. “Aynan ular ölçovsiz şafqatsizlik bilan öz aholisiga qarşi çiqmoqda, köçada ovozini kötarişga jur’at qilgan öz fuqarolarini amalda qatl etmoqda”, — dedi Vadeful.

Dpa agentligi qayd etişiça, IIMKni terroristik röyxatga kiritiş muhim ramziy qadam hisoblanadi, biroq uning amaliy ta’siri çeklangan — çunki Eronning elita bölinmalari Tehronning yadro dasturi sababli allaqaçon ön yildan ortiq vaqtdan beri YeIning qattiq sanksiyalari ostida.

Fransiya uzoq vaqt davomida sanksiyalarning takrorlanişini asos qilib, bu qarorni tösib kelgan. Biroq ekspertlar Parijning ehtiyotkorligini Eronda “josuslik” ayblovi bilan hukm qilingan ikki nafar Fransiya fuqarosi — Sesil Koler va Jak Pari taqdiri bilan boğlagan. Hozir ular qamoqdan ozod qilingan, ammo Fransiya elçixonasida turib, mamlakatdan çiqib ketişga ruxsat kutmoqda.