Nemis jamoat xizmatlari sohasi xodimlari kasaba uyuşmasi Ver.di 2 fevral kuni butun Germaniya böylab jamoat transportida iş taşlaşlarga çaqirdi. Kasaba uyuşmasi juma kuni, 30 yanvarda bildirişiça, iş taşlaş iştirokçilari navbatdagi muzokaralar raundida iş beruvçilarga bosim ötkazmoqçi, muzokaralar natijasi 150 ta şahar transport va avtobus kompaniyasidagi qariyb 100 000 nafar xodimga daxl qiladi.

AFP axborot agentligi eslatişiça, muzokaralar asosan Munitsipal iş beruvçilarning umumnemis birlaşmasi (KAV) bilan 2025 yil noyabr oyidan buyon Germaniyaning barça 16 federal yerida olib borilmoqda.

Ver.di munitsipal transport sohasida iş şartlarini sezilarli yaxşilaşni talab qilmoqda. Gap, xususan: haftalik iş yuklamasi va smenalar davomiyligini qisqartiriş, dam oliş (hordiq) vaqtini köpaytiriş, tungi vaqtda va dam oliş kunlari işlaganlik uçun qöşimça tölovlarni oşiriş kabi çoralar haqida ketmoqda.

Bundan taşqari, Bavariya, Brandenburg, Saar, Tyuringiya yerlarida hamda Hamburgdagi yerusti temiryöli operatori Hamburger Hochbahn kompaniyasi bilan iş haqini oşiriş böyiça qöşimça muzokaralar ham olib borilmoqda.

Ver.di ma’lumotlariga köra, muzokaralar davomida iş beruvçilar deyarli barça yönalişlarda yon berişdan boş tortmoqda.

Kasaba uyuşmasi Germaniyaning 16 federal yeridan 15 tasida — Quyi Saksoniyadan taşqari — iş taşlaşlarga çaqirdi.

Şu bilan birga, Deutsche Bahn temiryöl operatori allaqaçon bu aksiyalar unga taalluqli emasligini ma’lum qilgan. Berlin va Myunxenni öz içiga olgan yirik şaharlardagi şahar atrofi poyezdlari ham, kutilganidek, qatnovni davom ettiradi, çunki Ver.di ularning xodimlari manfaatini himoya qilmaydi.