Yiğilişda viloyatda kambağallik va işsizlikni yanada qisqartiriş, sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida keskin ösişga erişiş böyiça rejalar körib çiqildi.

Xususan, 2026-2027 yillarda yalpi hududiy mahsulotning ösiş sur’atlarini 8,5 foizga yetkaziş, sanoatda işlab çiqariş hajmini 8 foizga oşiriş, 5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş va yillik eksport hajmini 500 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, joriy yilda viloyatda işsizlik darajasini 3 foizga, kambağallikni 2,8 foizga tuşiriş, 182 ta mahallani jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş közda tutilgan. Davlat rahbari bu maqsadlarga viloyatdagi mahallalarni çuqur ixtisoslaştirmasdan erişib bölmasligini qayd etdi.

Şu munosabat bilan viloyatda kelgusi ikki yilda yangi model rivojlantiriladi. Hududdagi 304 ta mahallaning soliştirma ustunliklari tahlil qilinib, ularning boğdorçilik, çorvaçilik, sabzavot va polizçilik, sanoat, servis hamda turizm yönalişlariga ixtisoslaşuvini çuqurlaştiriş dasturi işlab çiqildi.

Dastur doirasida 5 ming gektar eski boğ va tokzorlarda sertifikatlangan köçatlar ekiş, 4,6 ming gektar sanoatlaşgan plantatsiyalar barpo etiş, 10 ming gektar aholi tomorqasi va ijara yer maydonlarida hosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetiştiriş, 101 ming boş çorva mollarining naslini yangilaş, 5 ta sanoat mikromarkazlari, 6 ta yirik turizm majmualarini taşkil etiş, har bir tuman markazida istirohat boğlarini barpo qiliş va gavjum köçalar taşkil etiş kabi işlar amalga oşiriladi.

Yiğilişda “drayver” loyihalar infratuzilmasini mustahkamlaş uçun joriy yilda 200 milliard söm ajratilişi belgilandi. Sanoatni rivojlantiriş maqsadida 2026-2027 yillarda umumiy qiymati 2,7 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalari amalga oşiriladi. Bunda viloyatdagi qörğoşin-rux, volfram, oltin va boşqa noruda konlardan samarali foydalaniş lozimligi körsatib ötildi.

Zomin tumanida qişloq xöjaligi ilmiy-sanoat parki loyihasining taqdimotida makkajöxorini qayta işlab, yuqori fruktozali sirop va allyuloza işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş rejalaştirilgani aytildi.

Şuningdek, qişloq xöjaligi yönalişida naslli çorva mollarni xarid qiliş, tuyaçilikni rivojlantiriş, “Jayilma” kanalini rekonstruksiya qiliş çoralari köriladi.