Toşkent şahrida soxta kosmetolog jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud ma’lumotlari bilan tanişdi.

Ma’lum bölişiça, M.G. ijtimoiy tarmoqlarda kosmetologik muolajalar va jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş uçun maxsus ma’lumot va litsenziyasi borligi, bu sohada yuqori tajribaga egaligi haqida yolğon ma’lumot tarqatib kelgan. U 25 yoşli M.B.ni kökrak va dumba sohasini kattalaştirib berişga işontirib, unga biogel yuborgan. Söngra mijozning 1 200 dollarini qölga kiritgan.

Buning oqibatida M.B. örtaça oğirlikdagi tan jarohati olgan. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, uning öng va çap kökrak bezlari sohalarida gelli inʼeksiyadan keyingi hosila, öng va çap dumba sohasida muolajadan keyingi çandiqlar paydo bölgan. Uşbu özgarişlarga muolaja texnikasining buzilişi, sertifikatga ega bölmagan preparatdan foydalaniş, mutaxassisda anatomiya böyiça bilimlar va in’yeksion muolajalarni ötkaziş könikmalari yetişmasligi sabab bölgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, jabrlanuvçida ötkazilgan muolajalar plastik jarrohi, şifokor dermatolog, dermatokosmetolog tomonidan bajarilişi kerak bölgan.

Sudning hukmi bilan soxta kosmetolog Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga tibbiy kosmetologik muolajalar faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda 150 mln söm jarima jazosi tayinlangan. Jarimani davlat foydasiga undiriş belgilangan.

Ma’lum bölişiça, M.G. avval şu turdagi firibgarlik bilan sudlangan. Jumladan, u JIB Mirobod tuman sudining 2024 yil 7 iyundagi hukmi bilan aybli deb topilgan va jazoga tortilgan. Şuningdek, M.G. xavfli retsidivist deb topilgan.

MIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, soxta kosmetologdan jarimani undiriş jarayonida unga tegişli Tracker 2 maşinasi aniqlangan.

Qidiruv tadbirlaridan söng maşina xatlanib, jarima maydonçasiga joylaştirilgan.