Toşkentning Yaşnobod tumani Parkent köçasida, Aviator savdo-köngiloçar majmuasida yonğin çiqdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, yonğin haqida poytaxt FVBBga 31 yanvar soat 15:47 da xabar kelib tuşgan bölib, soat 15:53 da qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va birinçi navbatda bino içidagi hamma odamlar evakuatsiya qilingan. Tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
“Yonğin soat 16:50 da qurşab olinib, soat 17:17 da töliq bartaraf etilgan”, deyiladi FVV axborotida.

Yonğinni bartaraf etiş işlariga favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov boşçilik qildi.


Hodisa röy bergan binoda Aviator Korzinka supermarketi joylaşgan. Supermarketlar tarmoğining ma’lum qilişiça, yonğin öçoği binoning ikkinçi qavatida, boşqa ijaraçilarning hududida aniqlangan.
"Aviator savdo markazining birinçi qavatida joylaşgan Korzinka supermarketi ijara huquqi asosida faoliyat yuritadi, uşbu bino Korzinka'ga tegişli emas. Yonğin Korzinka dökoni hududidan taşqarida yuz berdi va supermarketning yonğin kelib çiqişiga aloqasi yöq.
Yonğin aniqlangaç, darhol barça közda tutilgan xavfsizlik çoralari körildi. Mijozlar va dökon xodimlari tezlik bilan xavfsiz joyga köçirildi. Supermarket xodimlari va mijozlari orasida jabrlanganlar yöq”, – deyiladi Korzinka bayonotida.












