Qöşma Ştatlar 48 soat içida Eronga zarba beradi, dedi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç Pink TV telekanali efirida.

Uning fikriça, «Eronga hujum muqarrar».

«Yaqin 48 soat içida Eronga hujum qilinişi va boşqa yirik voqealar yuz berişini kutyapman», — dedi u.

Vuçiçning sözlariga köra, Jyeffri Epşteyn işi böyiça yangi hujjatlarning e’lon qilinişi AQŞning Eronga hujumini tezlaştiradi. U bu vaziyatni Monika Levinski bilan boğliq mojaroga soliştirdi.

«Monika Levinski bilan bölgani singari bunday bema’ni hujjatlar paydo bölganida kimgadir hujum qilinadi. Epşteyn fayllari bu hujumni tezlaştiradimi? Bunga deyarli işonçim komil», — deb ta’kidladi Vuçiç.

Monika Levinski 1998 yilda AQŞning 42-prezidenti Bill Klinton bilan işqiy munosabatlari tufayli mojaro markazida qolgan edi. Klintonning Levinski bilan munosabatlari haqida qasamyod ostida bergan körsatmalari prezidentni yolğon guvohlikda ayblaşga va Klintonga nisbatan impiçment jarayoni boşlanişiga sabab bölgan, ammo kongressmenlarning yetarli qismi bu taşabbusni qöllab-quvvatlamagandi.

Epşteyn 2019 yilda voyaga yetmaganlar savdosida ayblanib hibsga olingan va öşa yilning avgustida qamoqxonada öz joniga qasd qilgandi. 2026 yilda oşkor etilgan Epşteyn hujjatlarida, jumladan, AQŞ prezidenti Donald Trampning ismi ham qayd etilgan.

AQŞ prezidenti 28 yanvar kuni Abraham Lincoln aviataşuvçisi boşçiligidagi «ulkan armada» Eron tomon yöl olganini ma’lum qildi.  

Eronning oliy rahnamosi Ali Xomanaiy agar AQŞ Eronga hujum qilsa, mojaro mintaqaviy tus olişini aytdi.