Eron Hörmuz böğozida ikki kunlik harbiy maşğulotlar ötkazadi, deb xabar berdi Al Jazeera telekanali.
Xabarga köra, harbiy maşğulotlarda jangovar öq otişlar amalga oşiriladi.
Maşğulotlarda mamlakatning qaysi kuç va vositalari iştirok etişi ma’lum qilinmagan.
AQŞning Yaqin Şarqdagi markaziy qömondonligi (CENTCOM) Eron qurolli kuçlarini xavfli manyovrlar qilmaslik haqida ogohlantirdi.
"CENTCOM Islom inqilobi qöriqçilari korpusini e’lon qilingan harbiy-dengiz maşğulotlarini xalqaro dengiz makonidagi kemalarning erkin harakatlanişiga xavf solmagan holda ötkazişga çaqiradi", - deyiladi qömondonlik bayonotida.
Qömondonlikning ta’kidlaşiça, "Amerika qöşinlari, mintaqaviy hamkorlar yoki tijorat kemalari yaqinidagi xavfli va noprofessional harakatlar töqnaşuv, eskalatsiya yoki beqarorlik xavfini kuçaytiradi".
CNN naşrining Oq uyga yaqin manbalariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga zarba beriş variantlarini körib çiqmoqda. Ehtimoliy variantlar orasida hukumat va kuçişlatar tuzilmalarning namoyişlarni şafqatsizlarça bostirişga mas’ul bölgan rahbarlarini öldiriş, şuningdek, yadroviy obektlar hamda davlat muassasalari binolariga zarbalar beriş bor.












