Özbekistonda 2026 yil 1 apreldan boşlab bir qator tölovlar faqat naqdsiz şaklda qabul qilinadi. Bu prezidentning 2025 yil 10 dekabrda imzolangan «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş va yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida közda tutilgan.

Hujjatga köra, avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida neft-gaz mahsulotlarini sotiş va elektromobillar uçun zaryadlaş böyiça xizmatlar faqatgina bank kartalari yoki elektron tölov tizimlari orqali amalga oşiriladi.

Ya’ni, «zapravka»lar 1 apreldan boşlab naqd pulda tölovlarni qabul qilmasligi belgilanmoqda. 

Farmon respublikada naqdsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş va yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişga qaratilgan.

Ta’kidlaş joiz, uşbu hujjat bilan mamlakatda naqd pulga uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi ham bekor qilinmoqda.