Oxirgi vaqtlarda Jyefri Epşteyn degan odam haqida köp eşitayotgan bölsangiz kerak. Pedofillikda ayblanib qamalgan bu millioner yetti yil avval Amerika qamoqxonasida ölgan. Lekin oxirgi vaqtlarda u Amerikaning «qora qutisi» ölaroq juda köp maşhur insonlarni jinsiy zöravonlik girdobiga tortmoqda...

Kim bu monstr?

Qisqaça Jyefri Epşteyn kim ekani haqida. 1953 yil Bruklindagi yahudiylar oilasida tuğilgan Jyefri bir muddat öqituvçilik qilib köradi, biroq maktabdan haydalgaç moliya, bank tizimida işlaşga qaror qiladi. Moliyaçilikda ham nimanidir qoyillatgani aniq emas, lekin Amerikaga tegişli Virjiniya orollarida şaxsiy orol sotib oliş uçun yetarli pul topa olgan. Bu orolning nomi ham bor, lekin uni Epşteyn oroli deb ataşadi.

Epşteyn bu oroldagi haşamatli villasida fohişabozlik bilan, xususan, voyaga yetmagan qizlarni jinsiy zörlaş bilan şuğullanib kelgan. Bugun butun Amerikani oyoqqa turğizgan Epşteyn özi avragan qizlarga pul bergan, qimmat sovğalar bilan aldagan, öqişi uçun pul tölagan. Va ularga yoş dugonalarini villaga kelişga köndiriş evaziga pul taklif qilgan. Şu tariqa öziga xos fohişabozlik piramidasini yaratgan.

Epşteyn villasiga olib borgan ayollar soni mingdan oşadi. Ularning aksari voyaga yetmagan qizlar edi. Millioner uzoq yillar voyaga yetmaganlar bilan muammosiz aloqa qilib kelgan. Politsiya 2005 yildagina uning ustidan tekşiruv boşlaydi. Öşanda Epşteyn jinsiy aloqa qilgan 14 yoşli qizning ota-onasi politsiyaga murojaat qiladi. Qizni söroq qiliş orqali politsiya Epşteyn oroliga olib borib jinsiy zöravonlikka uçragan kamida 36 nafar 14 yoşli qizlarni aniqlaydi.

Lekin politsiya işga jiddiy qaramaydi. Epşteyn atigi 13 oy qamoqqa hukm qilinadi, şunda ham bemalol ozodlikda işini davom ettiriş imkoni berilgan holda. Ya’ni, öşa vaqtdayoq yuzlab bolalarni jinsiy mayli uçun işlatgan pedofil Amerika sudi tomonidan deyarli jazosiz qoldiriladi.

Moliyaçi yana 14 yil kayf-u safoda hayot keçiradi, unga heç kim indamaydi, oroliga yuzlab voyaga yetmagan qizlarni olib borib amalda ularni qul qiladi. Va 2019 yilga kelib Epşteynni qamoqqa olişadi. Unga voyaga yetmagan bolalarni jinsiy ekpluatatsiya qiliş ayblovi qöyiladi.

2019 yil iyulda qamalgan pedofil ikki oy ötib öz kamerasida ölik holatda topiladi. Rasmiy xabarga köra, Epşteyn kamerada öz joniga qasd qilgan. Lekin bir guruh sud-med ekspertlar Epşteyn özini osmagan degan versiyani ilgari suradi. Ana şundan Epşteyn bilan boğliq fitna nazariyalariga rasman start beriladi. Amerika jamiyatida savol paydo böladi: bu millioner pedofil kim ediki uni qamoqxonada öldirib ketişsa?!