AQŞ prezidenti Donald Tramp RF prezidenti Vladimir Putin göyo unga bergan sözini bajarganini aytdi: qattiq sovuq paytida bir hafta davomida Ukraina şaharlarini öqqa tutmaslik haqida. “Bu yakşanbadan yakşanbagaça edi, keyin hammasi yana qayta boşlandi, va u ötgan keça qattiq zarba berdi”, — dedi Tramp seşanba kuni, 3 fevral keçqurun Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan. “U sözida turdi. Bu köp narsa, bilasizmi, bir hafta…”, — dedi AQŞ rahbari va qöşimça qildi: “U yerda juda-juda sovuq, ammo bu yakşanba kuni edi va u yakşanbadan yakşanbagaça bardoş berdi”.

Oq uy rahbari yana bir bor Putinni Kreml tomonidan qariyb tört yil oldin boşlangan Ukrainadagi uruşni tugatişga çaqirdi. “Men uruşni töxtatişni istayman”, — dedi Tramp AFP jurnalistining savoliga javoban. Putin sulhni uzaytirmaganidan xafa bölganmi, degan savolga AQŞ prezidenti: “Men u şunday qilişini istardim”, — deb javob berdi.

Şu kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Tramp 3 fevralga ötar keçasi Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyevga raketa va dronlar bilan amalga oşirgan keng kölamli hujumidan “hayratda qolmagani”ni aytdi. “Bugun ertalab men prezident bilan bu haqda gaplaşdim va uning reaksiyasi, afsuski, hayrat emas edi. Bu — bir neça yildan beri öta şafqatsiz uruş olib borayotgan ikki davlat. Agar prezident hokimiyatda bölganida, bu uruş heç qaçon boşlanmagan bölar edi”, — dedi u jurnalistlarga.

Donald Trampning aytişiça, 29 yanvar, payşanba kuni, Oq uyda ma’muriyati yiğilişida u Putinga şaxsan murojaat qilganidan keyin, Rossiya rahbari kuçli sovuqlar sababli yaqin yetti kun davomida Kiyev va Ukrainadagi boşqa şaharlarga berilayotgan zarbalarni töxtatişga rozi bölgan. Tramp bu suhbat bir neça kun oldin bölib ötgan yoki ötmaganini aniq aytmadi. Şu kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham qişki sovuq kunlar davrida energetika böyiça kelişuvlarga erişilganini tasdiqladi va Trampning bayonotini olqişladi.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlarining har kunlik hisobotiga köra, 26 yanvarga ötar keçasi (yakşanba) RF Ukrainaga 138 ta hujumkor dron uçirgan, keyingi sutkada — 135 ta, 28 yanvarda RF QK 146 ta dron va “Iskander-M” raketasi bilan hujum qilgan, 29 yanvarda — 105 ta dron, 30 yanvarda — 111 ta dron va yana “Iskander-M” raketasi. Rossiyaning öqqa tutişi intensivligi nisbatan kamaygani faqat 1 fevralga ötar keçasi (85 ta hujumkor dron) va 2 fevralda — 90 ta dron qöllanganida kuzatilgan.

Rossiya 2 fevralga ötar keçasi Ukraina energetik infratuzilmasiga zarbalarni qayta boşladi va şu bilan Tramp 4 kun oldin e’lon qilgan “energetik sulh”ni buzdi. Rossiya qöşinlari Xarkiv, Sumi, Dnipropetrovsk va Çerkassk viloyatlaridagi energetik obektlarga hujum qilgan, deb bildirdi Ukraina energetika vazirining birinçi örinbosari Artem Nekrasov. 3 fevralga ötar keçasi Ukraina hududlarining bir qator qismiga ommaviy zarbalar berilgani haqida Ukraina QK Havo kuçlari Telegram’da, şuningdek Kiyev va Xarkiv hokimiyatlari xabar qildi.