Taqdimotda maktabgaça ta’lim tizimida öyinga asoslangan ta’lim modelini joriy etiş taklifi ilgari surildi. Uşbu yondaşuv bolaning tabiiy qobiliyati, qiziqişlari va yoş xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini taşkil etişni nazarda tutadi.
Qayd etilganidek, maktabgaça ta’lim bolaning intellektual, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanişida hal qiluvçi bosqiç hisoblanadi. Şu bois, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş, ilğor xorijiy tajribalarni joriy qiliş va öquv muhitini yangilaş muhim ahamiyatga ega.
Şuningdek, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida joriy etiş, “Yangi avlod” maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarmoğini şakllantiriş hamda kadrlar salohiyatini oşiriş çoralari ham körib çiqildi.

Davlat rahbari takliflarni puxta işlab çiqiş va ularni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş zarurligini ta’kidladi.












