RF TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova 3 fevral kuni özining X mikroblogida YeIning Kiyevdagi elçisi Katarina Maternovni masxara qildi. U Maternova navbatdagi RF hujumi vaqtida Kiyevdagi mehmonxonasining vannaxonasida matras ustida ötirgan holda tuşirilgan suratni e’lon qilganini tilga olib, uni “hayotining ajoyib surati” deb atadi. Çorşanba kuni, 4 fevralda Maternova Facebook’da Zaxarovaning unga hujum qilişi sababi — u Rossiyaning Ukrainaga hujumlari keltirib çiqarayotgan dahşatlar haqida oçiq gapirayotganida, deb yozdi.

Zaxarova öz postida YeIni göyoki yillar davomida Donbassdagi odamlar taqdiri bilan qiziqmagan, hozir esa Ukrainadagi “qirğin”ni “moliyalayotgan”likda ayblaydi.

“Uruş olib borayotgan agressorning oğzaki vakili Rossiya raketalari va dronlaridan boşpana bölgan ayolning suratini seksuallaştirsa, bu na men haqimda, na Yevropa Ittifoqi haqida biror narsa deydi — bu Mariya Zaxarova taqdim etayotgan rejim haqida hamma narsani aytadi”, — deya javob berdi Maternova.

U şu bilan birga, keçani vanna xonasida ötkazganini eslatdi, çunki Kiyev Rossiyaning dron va raketalar qöllangan navbatdagi ommaviy hujumiga uçragan. “Millionlab ukrainlar ham xuddi şu sabab bilan tört yildan beri yertölalarda, yölaklarda va bombadan panoh joylarida uxlamoqda”, — dedi u.

“Muzlayotgan kvartiralarda, vayron qilingan bolalar boğçalari yoki -23 darajada isitişsiz qoldirilgan şifoxonalarda heç narsa ajoyib emas. Qişni ommaviy qirğin quroli sifatida işlatişda heç narsa kulgili emas. Tinç aholining azobini masxara qiliş — bu diplomatiya emas. Bu — insoniylik libosini yeçib taşlagan sof tarğibot”, — deb ta’kidlaydi yevropalik diplomat.

Yakunda Katarina Maternova heç narsa uni Rossiya Ukrainaga keltirayotgan dahşatlar haqida dunyoga aytişdan töxtatolmasligini bildirdi.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari ma’lumotlariga köra, 4 fevralga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga 105 ta dron (uçuvçisiz uçiş apparati) bilan hujum qilgan, şulardan taxminan 70 tasi Shahed turidagi dronlar bölgan. Ular RFdagi Oryol, Bryansk, Primorsko-Axtarsk yönalişlaridan, şuningdek Donetskdan va qöşib olingan Qrimdagi Çauda buruni tomondan uçirilgan.

Hisobotga köra, ertalabga kelib mamlakatning şimoli, janubi va şarqida 88 ta dron urib tuşirilgan yoki neytrallaştirilgan. Şu bilan birga, 17 ta hujumkor dron 14 ta nuqtada nişonga tekkani va 5 ta nuqtada parçalar qulagani qayd etilgan.