Ötgan hafta oxirida AQŞ Adliya vazirligi jinsiy jinoyatlar uçun hukm qilingan va qamoqda özini öldirgan moliyaçi Jyeffri Epşteyn işi böyiça millionlab yangi fayllarni e’lon qildi.
Bu esa, kutilganidek, kuçli siyosiy zöriqiş va inqirozni paydo qila boşladi. Bu iş şu qadar kuçli rezonans keltirib çiqardiki, hatto AQŞning Eronga ehtimoliy hujumi ham, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş ham jamoatçilik e’tiboridan çetda qolmoqda. Hozirça hamma «Epşteyn fayllari»ni muhokama qilmoqda…
Internetda bu mavzuda axborot juda köpayib bormoqda. Quyida «Epşteyn fayllari»ning eng muhim beşta oqibati haqida fikr yuritiladi.
Birinçi effekt – prezident Tramp va uning ma’muriyati uçun böladi. Tramp 2024 yilgi saylov kampaniyasi davomida «Epşteyn fayllari»ni köp tilga olgan va Baydenni obrösizlantiriş uçun bu mavzudan foydalangandi.
Özi hokimiyatga kelganidan keyin esa deyarli bir yil davomida uşbu fayllar oçiqlanişiga qarşilik körsatdi. Kongressda fayllarni e’lon qiliş tarafdorlari köpayib, respublikaçilar ham şuni talab qila boşlaganidan keyingina uning ritorikasi özgardi va yakunda u tegişli qonunni imzolaşga majbur böldi.
Oxirgi oylarda Trampning reytingi jiddiy darajada pasaydi. Buning sabablari köp. Lekin asosiy sabab – «Epşteyn fayllari»da Tramp va uning safdoşlarining nomlari juda köp bor tilga olingani bölmoqda.
Tramp köp yillar Jyeffri Epşteyn bilan yaqin döst va hamkor bölgani oçiqlandi. Natijada amerikaliklarda Trampga işonçsizlik kuçaydi.
Ikkinçi oqibat – ğarb jamoatçiligining elitaga bölgan işonçsizligi jiddiy darajada oşib borişi. Bugungi kunda amerikaliklarning yarmidan ortiği «agar boy va qudratli bölsangiz – har qanday jinoyatni yopişadi», «Epşteyn elitaning, elita Epşteynning orqasini yopmoqda», «Epşteyn özini özi öldirmagan, unga yordam berişdi – boşqalarning sirini saqlaş uçun…» degan qaraşlar köpaygan.
Sönggi yillarda şusiz ham ğarb jamiyatlarida elita qatlamga bölgan işonç pasayib, ultraöng va aşaddiy söl kuçlarga moyillik ortib borayotgandi. «Epşteyn fayllari» oddiy odamlarning elitaga bölgan işonçini yanada sindiradi, buning oqibatlari esa ança jiddiy böladi. Jumladan, ultraöng kuçlarning hokimiyatga kelişi tezlaşadi.
Uçinçi oqibati geosiyosiy bölib, AQŞ va Isroil aloqalariga ta’sir qilişi mumkin. Ma’lum bölişiça, Jyeffri Epşteyn etnik yahudiy sifatida Isroil davlatçiligi bilan, uning elitasi va maxsus xizmatlari xodimlari bilan juda qalin aloqalarga ega bölgan. Xususan, Isroil sobiq boş vaziri Ehud Barak 2013-2017 yillar oraliğida Epşteyn bilan 30 martaga yaqin körişgan.












