Farğonada pora olganlikda ayblangan bojxona inspektori 15 yildan söng oqlandi. Ma’lum qilinişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasining “Farğona” bojxona postida işlagan inspektor pora oliş jinoyati böyiça ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

U bojxona postidagi hamkasblari bilan birga 2009 yil aprel oyidan 2010 yilning yanvar oyiga qadar avtomaşinalarda kartoşka hamda olma mahsulotlarini Qirğizistondan Özbekistonga noqonuniy ravişda, bojxona nazoratidan ötkazmasdan, heç qanday tösiqlarsiz olib kiriş evaziga pora olganlikda ayblangan.

Oqibatda inspektor jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudining 2010 yil 5 noyabrdagi hukmiga muvofiq, 3 yil muddatga bojxona organlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga mahkum etilgan.

Sobiq inspektor Farğona viloyati sudiga kassatsiya şikoyati bilan murojaat qilib, özining aybsizligini isbotlovçi bir qator dalillarni taqdim etdi. Ma’lum bölişiça, xodim “Farğona” bojxona postida 2009 yil 1 iyundan boşlab xizmat qilgan. Ya’ni 2009 yil aprel-may oylarida u uşbu postda işlamagan.

Farğona viloyati sudi jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudining 2010 yil 5 noyabrdagi hukmini bekor qilib, uni aybsiz deb topdi va oqladi.