Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining Sirdaryo suv havzasini nazorat qiliş bölimi tomonidan Toşkent viloyati Çinoz tumanida ötkazilgan reyd davomida mazkur tumanda yaşovçi fuqaro tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida"gi qonun talablariga zid ravişda belgilanmagan joydan tuproq qazib olinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobari miqdorida jarima qöllanildi.
Şuningdek, Toşkent viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan reyd tadbirlari davomida Yuqori Çirçiq tumanida fuqaro tomonidan qum-şağal aralaşmasi noqonuniy qazib olinayotganligi, tabiatga 38,9 million sömlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş maqsadida hujjatlar Jinoyat işlari böyiça Yuqori Çirçiq tumani sudiga yuborildi.












