Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi boşçiligidagi liberal-demokratik partiya tarkibidan örin olgan hukmron blok 8 fevral kuni bölib ötgan saylov natijalariga köra parlament quyi palatasidagi joylarning uçdan ikki qismini qölga kiritdi.

NHK telekompaniyasining xabar berişiça, hukmron blok 310tadan ortiq örinni olgan holda konstitutsion köpçilikni ta’minlaydi. Bu esa boş vazir Takaiçi hamda LDP ançadan buyon ilgari surayotgan konstitutsiyani özgartiriş uçun imkoniyatlar eşigini oçadi. Şuningdek, endilikda hukmron blok parlament yuqori palatasining qarorlarini rad etgan holda har qanday qonunni qabul qilişi mumkin böladi.

Takaiçi yanvarda parlament quyi palatasini tarqatib yuborgandi.

LDP boş qarorgohiga kelgan boş vazir Sanae Takaiçi partiyadoşlari tabrigini qabul qilar ekan, quvonç közyoşlarini zörğa tiyib tura oldi.

U Yaponiya xalqiga qöllab-quvvatlagani va işonçi uçun minnatdorlik bildirdi.

Mamlakat parlamenti quyi palatasi ötgan yil oktyabrda Sanae Takaiçini boş vazir etib tasdiqlagandi. U Yaponiya milliy mudofaasini mustahkamlaş, «an’anaviy yapon qadriyatlari»ni tiklaş hamda keskin migratsion siyosatni joriy etişni maqsad qilgan.