2026 yil 1 martdan “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bölgan va mehnatga layoqatli a’zosi bölmagan oilalar uylarida devor va tomni izolyatsiya qiliş, energiya tejamkor deraza-eşiklar, şuningdek quyoş panellari yoki geliokollektor örnatiş işlari amalga oşiriladi.
2026 yil 1 martdan oğir toifadagi tumanlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratib boriladi.
2026 yil 1 martdan xotin-qizlar faoli va yoşlar yetakçisi tuman/şahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvargaça Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan kasbiy ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan quyidagi subsidiyalar joriy etiladi:
- öqituvçi va işlab çiqariş ta’limi ustalariga xalqaro (hamda belgilangan röyxat asosida milliy) sertifikatlarni oliş uçun sarflangan mablağlarning 50 foizi (biroq BHMning 20 baravarigaça);
- malakani baholaş markazlarini taşkil etgan tadbirkorlarga baholaş vositalari xarajatlarining 30 foizi (biroq BHMning 200 baravaridan oşmagan miqdorda).

















