Ushbu taqdimot 2025 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan Toshkent Xalqaro Avtoko‘rgazmasidagi Geely debyutidan keyingi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi. Brend taqdimoti Markaziy Osiyo bozorida Geelyʼning mahalliylashtirish strategiyasida katta qadam tashlanganini ham anglatadi. Geely O‘zbekistondagi iste’molchilarga avtomobillar bo‘yicha yanada keng va ekologik toza tanlovlarni taqdim etadi, shu bilan birga mahalliy avtomobil sanoatini modernizatsiya qilish va “yashil harakatlanish” ekotizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Tadbir kuni ko‘plab avtomobil ishqibozlari, soha yetakchilari hamda tanilgan ommaviy axborot vositalari jam bo‘lib, Geely yangi modellarining bozorga chiqishiga guvoh bo‘lishdi. Geely EX5 ilg‘or texnologiya, zamonaviy dizayn va yuqori energiya samaradorligini o‘zida birlashtirgan to‘liq elektr modeldir. U Euro NCAP va ANCAP tashkilotlaridan bir vaqtning o‘zida ikki karra besh yulduzli xavfsizlik bahosini olgan Geelyʼning ilk modeli bo‘lib, kundalik elektromobillarda harakatlanish standartlarini yangi belgilashni maqsad qiladi.

Geely EX5 EM-i dunyoda ommaviy ishlab chiqariladigan plagin-gibrid SUVʼlar orasida eng past yoqilg‘i sarfiga ega model hisoblanadi. Sanoatdagi yetakchi EM-i Super Hibrid tizimi bilan jihozlangan ushbu model 105 km Sof elektr yurish zaxirasiga hamda zaryad saqlash (charge-sustaining) rejimida 4,3 L/100 km yoqilg‘i sarfini ta’minlab, o‘z sinfida yangi mezonlarni o‘rnatadi.

Flagman premium SUV bo‘lgan Monjaro esa so‘nggi to‘rt yil ichida umumiy global savdosi 930 ming donadan oshib, bozordagi kuchli raqobatbardoshligini namoyon etdi. Taqdimot tadbiri texnologik estetika va vizual san’at uyg‘unligida tashkil etilib, Geelyʼning “barqaror harakatlanish yetakchisi” sifatidagi strategik pozitsiyasini yorqin tarzda ko‘rsatdi.

Bugunga kelib Geely O‘zbekistonning yirik shaharlarida, jumladan, Toshkent, Buxoro va Farg‘onada bir nechta savdo va servis shoxobchalarini tashkil etdi. Markaziy Osiyodagi sotuv rejalarining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida Geely mahalliy hamkorlar bilan birgalikda mahalliy zavodini qurishni ham rejalashtirmoqda. Bu loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasini qamrab oladigan ta’minot zanjiri va ishlab chiqarish markazini shakllantirishga, shuningdek, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus mintaqaviy avtomobil sanoati rivojiga ko‘maklashadi va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.