Özbekiston prezidenti farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi atom energiyasidan foydalaniş sohasida radioaktiv çiqindilarni kömişdan oldin xavfsizlikni baholaşga qöyiladigan talablarni tasdiqlaş töğrisida qaror qabul qilişni rejalaştirmoqda.

Qaror loyihasiga köra, radioaktiv çiqindilarni kömişga qadar ularni töplaş, saralaş, qayta işlaş, konditsiyalaş va saqlaş jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlaş böyiça yagona talablar belgilanadi. Hujjatda xavfsizlik baholaşi obektning töliq “hayotiy davri” — joylaştiriş va loyihalaştirişdan tortib, foydalaniş, rekonstruksiya, ta’mirlaş, transportda taşiş hamda foydalanişdan çiqariş bosqiçlarigaça amalga oşirilişi lozimligi qayd etilgan.

Talablarga muvofiq, xavfsizlikni baholaş normal iş rejimida ham, normal foydalaniş izdan çiqqan holatlarda, jumladan avariyalar vaqtida yuzaga kelişi mumkin bölgan radiatsiyaviy ta’sirning xodimlar, aholi va atrof-muhit uçun maqbulligini asoslab berişi şart. Bu jarayon sanitar qoidalar va me’yorlar talablariga muvofiq amalga oşirilişi közda tutilgan.

Şuningdek, radioaktiv çiqindilar bilan muomalada bölişda “gradatsiyalangan yondaşuv” qöllanib, talablar va nazorat darajasi çiqindilarning potensial xavfliligi hamda mumkin bölgan oqibatlarga mutanosib belgilanişi nazarda tutilmoqda. Xavfsizlikni baholaş deterministik va ehtimoliy tahlil usullari yoki ularning uyğunligi asosida ötkazilişi mumkin.

Qaror loyihasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Fanlar akademiyasi bilan kelişilgani qayd etilgan.