Toşkent şahar Bojxona boşqarmasi boşliği Tolibjon Saidov lavozimini tark etdi, u pensiyaga kuzatilgan. Uşbu ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Tolibjon Saidov 2020 yil sentabr oyidan buyon Toşkent şahar bojxona boşqarmasini boşqarib kelayotgan edi.

Saidov bilan bir vaqtda Samarqand viloyati Bojxona boşqarmasi boşliği Yoqub Mirzarahimov va Sirdaryo viloyati Bojxona boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari A.Inyaminov ham iste’foga çiqarilgan.

Manbaga köra, tez orada ularni köp yillik faoliyatiga hurmat körsatgan holda pensiyaga kuzatiş tadbiri ötkaziladi.

Yoqub Mirzarahimov Samarqand viloyati Bojxona boşqarmasi boşliği lavozimida 2020 yil noyabr oyidan beri işlayotgandi.
 A.Inyaminov / Foto: Sirdaryo viloyati Bojxona boşqarmasi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, 27 yanvar kungi selektorda prezident Şavkat Mirziyoyev huquq-tartibot sohasiga yoş va talabçan rahbarlar korpusi kerakligini aytgandi. Şundan keyin, 7 fevral kuni prokuratura tizimida bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatilgan edi.