Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda Equinox va elektroskuter to‘qnashdi
10 fevral kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yengil avtomobil va elektroskuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida elektroskuter haydovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
2026 yil 10 fevral kuni soat 14:00 atrofida Yunusobod tumani "Xiyobontepa" MFY, Amir Temur ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvidagi Equinox rusumli transport vositasi “A” tasmali yo‘ldan harakatlanib ketayotgan vaqtida, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan harakatlanib o‘tayotgan, 2001 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi elektroskuter bilan to‘qnashgan.
Hodisa natijasida elektroskuter haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026