Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga köra, mamlakatda texnik tartibga soliş tizimini xalqaro talablar asosida yangilaş jarayoni izçil davom etmoqda. Sönggi yillarda milliy standartlarning katta qismi xalqaro me’yorlarga uyğunlaştirildi, majburiy sertifikatlaş tartiblari qisqartirildi.

Taqdimotda sinov va sertifikatlaş xizmatlarini töliq xususiy sektorga beriş taklif qilindi. Ayni paytda xususiy sektorda barça sohalarni qamrab olgan 207 ta sinov laboratoriyasi va 73 ta sertifikatlaş idorasi faoliyat yuritmoqda. Uşbu yönalişni yanada kengaytiriş orqali soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, xizmatlar sifatini oşiriş va tadbirkorlar uçun ortiqça ma’muriy tösiqlarni kamaytiriş maqsad qilingan.

Şu bilan birga, sohada institutsional özgarişlar amalga oşiriladi. Texnik tartibga soliş agentligi tizimi optimallaştirilib, ayrim taşkilotlar qisqartiriladi. Akkreditatsiya organining mustaqilligini ta’minlaş, sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlaştiriş va metrologiya tizimini isloh qiliş ham rejalaştirilgan.
Soğlom raqobatni ta’minlaş maqsadida Angliyaning Intertek, Şvetsiyaning SGS, Fransiyaning Bureau Veritas, Germaniyaning TÜV kabi xalqaro kompaniyalarni jalb qiliş taklif etildi.
Qayd etilişiça, xususiy sektor uluşini oşiriş orqali sertifikatsiya jarayonlarini soddalaştiriş, tannarxni pasaytiriş va byurokratik tösiqlarni bartaraf etişga erişiş közda tutilmoqda.
Yakunda prezident yangi tizimni bosqiçma-bosqiç joriy etiş yuzasidan mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi.












