Ma’lumotlarga köra, Tinçlik kengaşining birinçi yiğilişi dunyodagi mavjud geosiyosiy muammolar, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş mexanizmlari hamda davlatlar örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş masalalarini muhokama qiliş uçun xalqaro maydon vazifasini ötaydi.
Tadbir doirasida davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar va diplomatik doiralar vakillari iştirok etişi kutilmoqda. Yiğilişda global xavfsizlikka ta’sir körsatayotgan asosiy omillar, gumanitar hamkorlik, barqaror taraqqiyot va işonç çoralarini mustahkamlaş masalalari kun tartibidan örin oladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning mazkur anjumanda iştirok etişi Özbekistonning xalqaro tinçlik va barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan taşabbuslarda faol iştirok etişga tayyor ekanini yana bir bor namoyon etişi kutilmoqda.
Şuningdek, safar davomida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi va qator xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinişi mumkin.

















