Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida önlab talabalar darsga kiritilmadi. Bunga ular forma kiymagani va darsga keç qolgani “sabab” bölgan. Universitet talabasi Akmal Yöldoşevga köra, undan “dars tayyorladingmi, ma’ruzalarga qatnaşdingmi, adabiyotlarni öqidingmi?” deb söraşmagan, aksinça, “galstuging qani, agar bölmasa, bor, ketaver, bu içki qoida”, deyişgan.
16 fevral kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bir guruh talabalar forma kiymagani va keç qolgani uçun darsga kiritilmadi. Holat aks etgan video magistratura bosqiçi talabasi Akmal Yöldoşevning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.
Videoda u bilan suhbatlaşgan yana bir talaba Bahodirxon Eliboyev bakalavr va magistratura bosqiçida tahsil olayotgan qariyb 100 nafar talaba darsga qöyilmaganini ma’lum qilgan.
“Darsga tayyorlandingmi, ma’ruzalarga qatnaşdingmi, adabiyotlarni öqidingmi, deb heç kim mendan söragani yöq. Galstuging qani, agar bölmasa bor, ketaver, bu içki tartib-qoida, hamma narsadan ustun deyişyapti”, degan Akmal Yöldoşev.
Şuningdek, u oliy ta’limda forma masalasiga salbiy qaraşini bildirgan.
“Mening taşqi körinişim bilimimni belgilab bermaydi, mahoratli jurnalistmanmi-yöqmi, bularga heç qanday aloqasi yöq. Universitet menga xizmat körsatadi, buning uçun oramizda şartnoma tuzilgan: pul tölaganman, menga ma’ruza öqilişi kerak, seminarga qatnaşişim kerak va bu bilim baholanib, oxirida diplom olişim kerak. Şu ikki munosabat bor. Hozir qandaydir içki tartib-qoidani deb mening iste’molçi sifatidagi huquqlarim, ma’nan talabalik huquqlarim buzilyapti. Men bilim olgani kelganman, galstugimni köz-köz qilgani emas”, degan u.
Bundan taşqari, Akmal Yöldoşev bunday holatlar talabaning qöşimça mablağ tölaşiga olib kelişi mumkinligini bildirgan.
“Bu tuzini yeb, tuzluğiga tupuriş bilan barobar”
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dekani Oişa Zakirova holat yuzasidan Facebook’dagi öz sahifasida fikr bildirdi.
“Duşanba — yangi öquv haftasining boşlanişi. Ammo afsuski, ayrim talaba va magistrantlar universitet içki tartib-qoidalariga nisbatan bepisandlik bilan munosabat bildirdi. Universitet bu şunçaki ta’lim muassasasi emas. Bu — intellektual muhit, tarbiya maktabi, professional şaxs şakllanadigan maskan. Içki tartib-qoidalar esa muhokama uçun örnatilmaydi, ijro uçun qabul qilinadi va barça bunga birdek amal qiladi! Bu har bir taşkilotning öz imijini şakllantiriş uçun xizmat qiladi! Oq köylak va galstuk — akademik madaniyat, poklik, intizom va hurmat ramzi. Uni kiyib yurişning nimasi yomon?!













