Prezident farmoniga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:
- o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;
- sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiladigan o‘lchash vositalari kalibrlashga o‘tkaziladi, standart namunalarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi;
- kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va o‘lchashlar byurosi bazasida e’tirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tishdan ozod qilinadi.
Shuningdek, 2026-2027 o‘quv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida tahsil olayotgan OTM talabalari uchun:
- “Maxsus stipendiya” ta’sis etiladi;
- rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini o‘rganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
- so‘nggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.











