Olmaliq kon-metallurgiya kombinati oxirgi 3 yil içida 10 ta xorijiy kompaniya bilan tuzgan, umumiy qiymati 200 mln dollardan ortiq bölgan şartnomalar – xalqaro suriştiruvçi jurnalistlarning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiya haqida xabar beriş loyihasi (OCCRP) nazariga tuşdi.

Suriştiruvçi jurnalistlarga köra, garçi bu 10 ta kompaniya dunyoning turli davlatlari – Buyuk Britaniya, Gurjiston va Singapurda joylaşgan bölsa-da, ularning barçasi bitta şaxs – Özbekiston stol tennisi federatsiyasining sobiq vitse-prezidenti Grigoriy Xvan bilan aloqador bölişi mumkin.

OKMK bu kompaniyalarga mijoz bölarkan, ulardan uskunalar va xomaşyo materiallarini sotib olgan. Suriştiruvda bu kompaniyalarning toğ-kon sanoati korxonalari uçun ta’minotçi bölişda tajribasi bor-yöqligi şubha ostiga olinadi.

Ta’kidlanişiça, Britaniyada röyxatdan ötgan ikkita firma rasman “faoliyat körsatmayotgan” statusda bölgan davrda ham OKMKdan önlab million dollarlik buyurtmalarni olavergan.

Bu kompaniyalarning OKMK bilan umumiy qiymati 7 mln dollarlik boşqa şartnomalarida elektron imzosi qöyilgan şaxslar bu hujjatlarga imzo çekkanini rad etib, kelişuvlarda umuman iştirok etmaganini bildirgan.

Suriştiruvçi jurnalistlar bu kompaniyalarga benefitsiar egasi kimligini sörab murojaat qilganidan keyin, ayrimlari tegişli korporativ hujjatlariga özgarişlar kiritgan. OKMK va ta’minotçilar OCCRP yöllagan savollarni javobsiz qoldirgan.

OKMK – qisman xususiylaştiriş közda tutilgan strategik davlat korxonalaridan biri. Kompaniya 2025 yil 4-çoragida xalqaro fond bozorida 5 foizgaça aksiyalarining birlamçi taklifini ötkazişi (IPO) közda tutilgandi.

Britaniyadagi “faoliyat yuritmayotgan” kompaniyalar

2018 yilda Buyuk Britaniyada röyxatdan ötgan Lemixton Solutions 2022 yildan buyon OKMKning kamida 56 ta tenderida ğolib çiqib, 22,5 million dollarlik ortiq qiymatdagi şartnomalarni qölga kiritgan. Vaholanki, u 2021 yildan beri rasmiy hisobotlarda özini “nofaol” holatda ekanini körsatib kelgan. Britaniya qonunçiligiga köra, “nofaol” maqomidagi kompaniya uzrli sababsiz tijorat faoliyati bilan şuğullanişi, şartnomalar tuzişi yoki moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişi man etiladi.