Özbekistonda gaz qazib oliş miqdori 2026 yilda ham qisqarib, keyingi 4 yil davomida bosqiçma-bosqiç ösib borişi prognoz qilinyapti. Bu Özbekiston-2030 strategiyasida közda tutilgan. 

Yangilangan hujjatga köra, joriy yilda 40,2 mlrd kub metr gaz qazib olinişi kutilyapti. Bu 2025 yilga nisbatan 3,6 foizga yoki 1,5 mlrd kub metrga kam. E’tiborga molik yana bir jihat: ötgan yil yakunlariga köra Milliy statistika qömitasi gaz qazib oliş hajmini 42,3 mlrd kub metr sifatida körsatgandi. Bu natija 41,7 mlrd kub metrga pasaytirilgan. 

Avvalroq, 2024 yilda ham Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi 44,6 mlrd kubdan 41,3 mlrd kubga kamaytirilgani xabar qilingandi. Raqamlarning birdan özgarib qolgani böyiça rasmiylardan izoh bölmadi.

Hisob-kitoblarga köra, keyingi 4 yil davomida gaz qazib oliş körsatkiçlari quyidagiça özgaradi:

  • 2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz);
  • 2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz);
  • 2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz);
  • 2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz).

Umuman olganda, 2026-2030 yillar oraliğida gaz qazib oliş hajmini 20,6 foizga yoki 8,3 mlrd kub metrga oşiriş rejalaştirilyapti.

Eslatib ötamiz, 2023 yilda qabul qilingan “Özbekiston – 2030” strategiyasida “tabiiy gaz qazib oliş hajmini yiliga 62 mlrd kubga yetkaziş” vazifasi qöyilgandi.

Gaz qazib oliş

Har qanday mamlakat, şu jumladan Özbekiston uçun ham tabiiy gaz resurslari strategik ahamiyatga ega. Bu mamlakat iqtisodiyoti, energetik xavfsizligi va taşqi savdo balansiga juda katta ta’sir körsatadi. Oxirgi yillarda gaz qazib oliş dinamikasi quyidagiça özgardi: