2024 yilda Özbekistonda gaz qazib çiqariş 4,5 foiz emas, balki 11,5 foizga kamaygani ma’lum bölyapti. Xususan, 2025 yil yakuni böyiça e’lon qilingan sanoat statistikasiga köra, 2024 yilda 41,3 mlrd kub, 2024 yil yakuni böyiça e’lon qilingan hisobotda esa 2024 yilda 44,6 mlrd kub gaz qazib olingani körsatilgan. Örtadagi farq – 3,3 mlrd kub.
Yangilangan raqamlarga köra, 2021-2025 yillarda Özbekistonda gaz qazib oliş quyidagiça özgargan:

3,3 mlrd kub gaz qöşib yozilganmidi yoki bu xatolikmi?
Iqtisodçi Otabek Bakirov 3,3 mlrd kub gaz bir oylik qazib oliş hajmiga teng bölişiga urğu berib, mustaqil örganişlar va suriştiruvlar ötkaziş kerakligi haqida yozdi.
«E’lon qilingan ma’lumotlar töğri bölsa, 2024 yil körsatkiçlariga kamida 3,3 mlrd kub gaz qöşib yozilgan yoki xatolik bölib çiqadi (agar xatolikka yöysak, yillik qazib olişga nisbatan 8 foiz yoki naq bir oylik qazib olinadigan gaz hajmi).
3,3 mlrd kub gaz mintaqamizdagi şakllangan narxlarda 650-700 mln dollarlik gaz degani. Buni qanaqadir xatolik bilan izohlaş yo köz yumiş qiyin, ehtimolki, kalavaning uçini kimdir topsa, bu raqam gaz qazib oliş, importi va eksporti örtasidagi örtamçi sxemalar uçun tenglamaning javobi böladi (özlaştirilgan subsidiyalarning ham). Bir yil ötgunça heç kim bilmaganmi? Lekin buning uçun mustaqil örganişlar va suriştiruvlar kerak, agarda kalavaning uçi rostdanam qiziq bölsa. Yangi raqamlar asos qilib olinsa, 2024 yilda gaz qazib oliş 5,4 mlrd kubga qulagan bölib çiqadi», deydi iqtisodçi.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida Milliy statistika qömitasi bilan boğlandi, ammo aniq javob ololmadi. Şu bilan birga, mazkur holat böyiça na Energetika vazirligi, na Iqtisodiyot va moliya vazirligi, na «Özbekneftgaz» rasmiy munosabat bildirgani yöq.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oyi örtalarida avvaliga Özbekiston prezidentining energetik xavfsizlik böyiça vakili Alişer Sultonov, keyin esa «Özbekneftgaz» AJ rahbari Bahodir Siddiqov işdan olingandi.

















