Surxondaryoda hokim örinbosari va Namanganda hokim yordamçisining noqonuniy harakatlari foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Jarqörğon tumani hokimi örinbosari öz xizmat mavqeyidan foydalangan holda hokimlik zaxirasidagi 9 ga yerni ijaraga bermoqçi bölgan. U uşbu yer maydonini Şerobod tumanida yaşovçi fuqaroga poliz ekinlari ekiş uçun 4 oy muddatga ijaraga beriş evaziga 90 mln söm talab qilgan. “Zamhokim” joriy yil yanvar oyida kelişilgan pulning 30 mln sömini olgan.
U qolgan 60 mln sömni Termiz şahridagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.
Holat yuzasidan uşbu mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, Namangan viloyati Çust tumani mahallalaridan birida işlovçi hokim yordamçisi 2022 yilda “Sadaça” kiçik sanoat zonasi hududidan özining qarindoşiga tadbirkorlik bilan şuğullaniş maqsadida ajratib berilgan 43 sotix yer maydonining 20 sotix qismini hokimiyatdagi tanişlari orqali boşqa fuqaro nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 23 ming dollar talab qilgan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















