Tramp bunday qarorni uşbu masalaga «juda katta qiziqiş» borligi bilan izohladi.
«Mudofaa vaziri hamda tegişli idora va agentliklarga yerdan taşqaridagi hayot, noma’lum havo hodisalari va noma’lum uçar jismlar, şuningdek, uşbu öta murakkab, ammo öta qiziqarli va muhim masalalar bilan boğliq har qanday boşqa ma’lumotni aniqlaş va e’lon qiliş jarayonini boşlaşni topşiraman», deb yozdi Tramp.
Bundan sal avvalroq, Tramp jurnalistlar bilan muloqot çoğida Barak Obamani «özga sayyoraliklar mavjud bölişi mumkinligi» haqidagi bayonotidan keyin maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilganlikda ayblagandi. Uning fikriça, Obama «bunday qilmasligi kerak edi» va «katta xatoga yöl qöygan». Obama aynan qanday maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilganiga Tramp aniqlik kiritmadi.
Reuters naşrining eslatişiça, Barak Obama intervyularidan birida özga sayyoraliklar haqida fikr bildirdi. «Ular haqiqiy, lekin men ularni körmaganman va ular 51-zonada saqlanmaydi. U joyda yerosti inşootlari yöq, agar qandaydir ulkan fitna mavjud bölmasa va bu Qöşma Ştatlar prezidentidan yaşirilmagan bölsa», dedi AQŞ sobiq prezidenti.
Köp ötmay Obama instagramda post yozib, özga sayyoraliklar haqidagi sözlarini izohladi. Uning ta’kidlaşiça, Koinot şunçalik ulkanki, hayotning mavjud böliş ehtimoli nafaqat Yerda katta. «Prezidentligim davrida özga sayyoraliklar biz bilan aloqada bölgani haqida heç qanday dalil körmadim», deb ta’kidladi Obama.
AQŞ hukumatining özga sayyoraliklar haqidagi ma’lumotlarni yaşirişi – dunyodagi eng maşhur konspirologik nazariyalardan biridir. Uning tarafdorlari, masalan, 1947 yilda Amerika harbiylari Nyu-Meksiko ustida özga sayyoraliklar kemasini urib tuşirgan, uning qoldiqlarini 51-zonaga (konspirologlar AQŞ Harbiy-havo kuçlarining Nyu-Meksikodagi bazasini şunday ataşadi) yaşirgan, u yerda özga sayyoraliklar ustida tajribalar ötkazgan va bularning barçasini maxfiylaştirgan, deb hisoblaşadi. Bunday miş-mişlar heç qaçon rasmiy tasdiqlanmagan, ammo asta-sekin jahon pop-madaniyatining bir qismiga aylandi.

















