2026 yil 16 fevral kuni Ipak Yuli Bank O‘zbekiston FinTex Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda WE FINTECH dasturi doirasida ayol tadbirkorlar uchun e-commerce yo‘nalishida intensiv trening tashkil etdi.
Tadbirda 50 nafar ayol tadbirkor ishtirok etdi. Ularning 15 nafari mahallalardan bo‘lib, o‘z biznesini endigina yo‘lga qo‘yayotgan boshlovchi tadbirkorlardir.
Trening dasturi
Trening davomida ishtirokchilar:
- marketpleyslarga chiqish va ular bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldi;
- savdoni oshirishda analitika vositalaridan foydalanish usullarini o‘rgandi;
- mahsulot kartochkalari va vizual materiallar yaratishda agregatorlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdi;
- networking sessiyalarida qatnashdi;
- “Teach the Trainer” konsalting dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
ESG strategiyasi doirasida ayol tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash
Ayol tadbirkorligini rivojlantirish Ipak Yuli Bank’ning ESG strategiyasining muhim tarkibiy qismidir. Bank ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari asosida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.
Bankning xalqaro WE Finance Code tashabbusiga qo‘shilishi ushbu yo‘nalishdagi strategik qadam bo‘lib, ayol tadbirkorlar uchun moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va iqtisodiyotdagi rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ta’lim dasturlari natijalari
Ipak Yuli Bank 2023 yildan buyon “Markaziy Osiyoda Ayollar biznesda” dasturi doirasida 25 ta ta’lim tadbiri o‘tkazdi. Umumiy hisobda 1000 dan ortiq ayol tadbirkor ta’lim oldi.
Dastur mavzulari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- “Savings Game”, “Micro Business Game”, “Cash Flow Game”;
- Mobilografiya va raqamli marketing;
- Shaxsiy brendni rivojlantirish;
- Liderlik va muvozanat;
- Moliyaviy menejment asoslari;














