Politsiya ma’lumotlariga köra, qurbonlar orasida Germaniyaning 42 yoşli fuqarosi ham bor. U 16 yoşli öğli bilan birgaligida qor köçkisiga uçragan. Ösmir tabiiy ofsatdan omon qolgan, u Italiya va Şveytsariya bilan çegara yaqinidagi Nauders obşçinasi hududidagi qiyalikdan evakuatsiya qilingan va kasalxonaga yotqizilgan.
Şuningdek, maşhur Sankt-Anton toğ-çanği kurorti yaqinida uç çanğiçi, unga qöşni bölgan Forarlberg federal yerida esa bir snoubordçi qor köçkisi ostida qolib halok bölgan.
Bu yilgi qişda Avstriyada qor köçkilari bilan boğliq sabablarga köra kamida 21 kişi halok bölgan. Şu bilan birga, Alp toğlarining boşqa qismlaridagi holatlar qöşib hisoblanganda önlab kişilar vafot etgan va bu raqam odatdagidan yuqori.
Tirolning ba’zi qismlarida qor köçişi xavfi yuqoriligiça qolmoqda. Juma kuni uşbu mintaqada ikkita qor köçkisi odamlar ölimiga sabab böldi – ikki holat ham trassalardan taşqarida sodir bölgan.
Avstriya ommaviy axborot vositalari politsiyaga asoslanib xabar berişiça, Sankt-Anton-am-Arlberg yaqinida uç kişining ölimiga sabab bölgan köçkiga çanğiçilarning özlari sababçi bölgan. Avstriyaning ORF milliy teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga köra, çanğiçilar AQŞ, Polşa va Avstriya fuqarolari bölgan.
Uşbu holatda oğir yaralangan yana ikki kişi qutqarib qolingan. Amaliyotda törtta qutqaruvçilar guruhi, uçta vertolyot hamda favqulodda xizmatlar iştirok etgan.
Avstriya şimolidagi Lins şahrida qor böronlari bilan boğliq yana bir ölim holati qayd etilgan: 53 yoşli erkakni qor tozalovçi maşina bosib qolgan, u voqea joyida vafot etgan.
Mintaqada kuçli qor yoğişi juma kuni elektr ta’minotida uzilişlar va transport kollapsiga olib keldi, ayniqsa mamlakat janubi-şarqida vaziyat jiddiy tus olgan.
Ştiriya federal yerida yöllarda harakatlaniş «oddiy transport vositalari uçun amalda imkonsiz» bölib qolgan. Tirbandlikda qolib ketganlarga Qizil xoç taşkiloti xodimlari yordam körsatmoqda.
Vena xalqaro aeroporti tongda vaqtinça yopilgan, kunduzi esa uzilişlar bilan işlamoqda.













