Özbekiston va Qozoğiston transport vazirlari temiryöl transporti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Qayd etilişiça, 2025 yil yakunlariga köra, ikki mamlakat örtasidagi temir yöl taşuvlari hajmi 32,3 million tonnani taşkil etdi, bu 2024 yildagiga nisbatan 16 foizga yuqori körsatkiçdir.

Yuk taşuv hajmini oşiriş maqsadida Sarioğoç, Oazis va Sirdaryo tutaşuv punktlarida infratuzilmani rivojlantiriş hamda Darboza—Maqtaral uçastkasini yakunlaş böyiça qöşma tadbirlar rejasi işlab çiqilgan.

Ma’lumot uçun, hozirda Sarioğoç orqali sutkasiga 36 juft poyezd qatnamoqda va buni 40 tagaça oşiriş rejalaştirilgan. Oazis orqali 2 juft poyezd harakatlanmoqda, uni 10gaça oşiriş közda tutilgan. Darboza—Maqtaral uçastkasi oçilgaç, Sirdaryo orqali 10 juftgaça poyezd qatnaydi.