Toshkent shahridagi 8 ta tuman soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi.
Xabarga ko‘ra, Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan:
Uchtepa tumaniga — Malikov Abdumuxtor Abdug‘afurovich,
Yangihayot tumaniga — Mahmudov Mirqosim Aziz o‘g‘li,
Bektemir tumaniga — Burhonov Jamshid Melikovich,
Chilonzor tumaniga — Qodirov Iskandarjon Solijonovich,
Yunusobod tumaniga — Toshpo‘latov Kamoliddin Yo‘ldoshevich,
Mirzo Ulug‘bek tumaniga — Hotamov Ulug‘bek Aktamovich,
Shayxontohur tumaniga — Abduvahobov Navro‘z Abduvahob o‘g‘li,
Sergeli tumaniga — Qobilov Firdavs Shuhratovich soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.










