Özbekistonda hafta örtasida yomğir yoğib, harorat pasayişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.
Duşanba kunduzi Özbekiston hududining katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning örtasiga kelib, havo +13…+18 darajagaça, janubda +20…+23 darajagaça isiydi.
Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida kunning ikkinçi yarmida ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Havo harorati +2…+7 daraja atrofida böladi. Xorazm viloyatining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin.
Seşanba kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toşkent viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat foni deyarli özgarmaydi.
Çorşanba kuni şimoli-ğarbiy hududlarda va çöl hududlarda, payşanba kuni respublikaning aksariyat viloyatlarida yomğir yoğadi, şimolda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Havo harorati +8…+11 darajagaça, şimolda –2…+3 darajagaça pasayadi.
Juma kuni Özbekiston hududi böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida keçasi ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati 2–3 darajaga kötariladi.
Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida 24–26 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor), 26 fevralda ayrim joylarda kuçli böladi. Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, respublika böyiça ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi, 25–26 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagaça kuçayişi, 25 fevralda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkent şahrida duşanba kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +14…+16 daraja böladi. Seşanba kunning ikkinçi yarmida biroz yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi +4…+6 daraja, kunduzi +14…+16 daraja böladi.
Çorşanba kuni yoğingarçilik kutilmaydi, faqat keçqurun yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi +7…+9 daraja, kunduzi +16…+18 daraja böladi.
26 fevralda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat keçasi +5…+7 daraja, kunduzi +10…+12 daraja böladi. 27 fevralda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi +3…+6 daraja, kunduzi +12…+15 daraja böladi.
Şamol özgaruvçan yönalişda 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 25–26 fevral kunlari 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.












