Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Ukrainada barqaror tinçlikka erişiş uçun Rossiya bilan muzokaralar olib borişga tayyorligini bildirdi, biroq yon berişlarga borişdan boş tortdi. U bu bayonotni duşanba, 23 fevral kuni Berlinda Xristian-demokratik ittifoqqa yaqin bölgan Konrad Adenauer nomidagi jamğarma taşkil etgan Cafe Kyiv Ukraina forumida berdi.

Vadefulning sözlariga köra, “avvalo, albatta, Ukraina gapirişi kerak”, ammo Germaniya ham muzokaralarga tayyor. «Biz Moskvaga borib, u yerda yon berişni niyat qilganimiz yöq. Bunday bölmaydi. Agar otişma töxtasa va muzokaralarga jiddiy tayyorlik paydo bölsa, biz, albatta, iştirok etamiz», — dedi vazir.

Vadeful Germaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putin ortidan “yalinib yugurmasligi”ni qayd etdi. «Biz heç bölmasa aqlli takliflardan bittasi qabul qilinişiga umid qilamiz», — dedi u. Şuningdek, u, jumladan, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi tomonidan bildirilayotgan, Putinga öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarni faolroq taklif qiliş haqidagi çaqiriqlarni rad etdi. «Aloqa kanallari yetarli. Lekin agar u gaplaşişni istamasa, heç bir kanal foyda keltirmaydi», — deb ta’kidladi vazir.

Forumda Germaniya kansleri Fridrix Mers ham çiqiş qildi. U, jumladan, XIX asrda yaşagan fransuz yozuvçisi Astolf de Kyustindan iqtibos keltirib, u Rossiyada “eng çuqur varvarlikni eng yuksak sivilizatsiya bilan yonma-yon” uçratiş mumkinligini yozganini eslatdi.

Germaniya hukumati rahbari, şuningdek, Ukrainaga kömak haqida, töliq kölamli tört yillik uruş qurbonlari haqida hamda öq yomğiridan keyin ukrainlar nur va issiqliksiz uylarda qanday yaşayotgani haqida ham sözlagan.