Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika, temiryo‘l, Smart City: Pokiston O‘zbekistondagi rejalarini ochiqladi
O‘zbekiston elchixonasida Pokistonning Habib Rafiq (Pvt) Ltd (HRL) kompaniyasi ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha direktori Malik Muhammad Aslam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda energetika, temiryo‘l infratuzilmasi va Smart City yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Dunyo” AA xabar berishicha, uchrashuvda HRL'ning strategik va texnologik hamkorlari hisoblangan Janubiy Koreyaning EN Technologies, Samoocm Architect & Engineers, Office for Civic Solutions (OCS), AKS Group Information Co. Ltd., Skyline Profits Global Group of Companies hamda Big Tops Engineering kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, infratuzilmaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Malik Muhammad Aslam HRL delegatsiyasining joriy yil yanvar oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan safari haqida ma’lumot berib, Toshkent, Samarqand, Xiva va Nukus shaharlarida qator qurilish loyihalari bo‘yicha kelishuv va shartnomalarga erishilganini ta’kidladi.
Uchrashuv chog‘ida Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari taqdimot o‘tkazib, amalga oshirilgan xalqaro loyihalar, moliyaviy va texnik imkoniyatlar, shaharsozlik va boshqaruv sohasida raqamli yechimlarni joriy etish, energiya tejamkor obektlar qurish, sanoat zonalarini tashkil etish, transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tajribasi haqida so‘z yuritdi.
Office for Civic Solutions ijrochi direktori Cho Kyun Xunning aytishicha, kompaniya hozirgi kunda O‘zbekistonda Uzbekistan Tashkent Smart Bio-Cluster Development loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu tashabbus Toshkent shahrida zamonaviy biotexnologik va farmatsevtika klasterini barpo etish, “aqlli” infratuzilma elementlari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega quvvatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya Uzbekistan Angren Free Economic Zone Project loyihasida ham ishtirok etayotganini bildirdi.
Malik Muhammad Aslam HRL tomonidan O‘zbekistonda rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokida xalqaro konsorsium tuzilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, konsorsium energetika sohasi, temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, Smart City konsepsiyasi asosida zamonaviy shaharlar barpo etish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida HRL tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan Janubiy Koreya kompaniyalari vakillarining safarini tashkil etish masalasida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
17:54 / 10.06.2026