Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim muassasalarida zo‘ravonlik holatlari: 6 pedagog ma’muriy javobgarlikka tortildi
Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Bolalar ombudsmani tomonidan taqdim etilgan parlament oldidagi ma’ruza ko‘rib chiqildi. Hisobotda, xususan, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan ko‘rilgan choralar va aniqlangan qonunbuzilishlar haqida ma’lumot berildi.
Foto: Bolalar ombudsmani
Ma’ruzada ta’kidlanishicha, bola huquqlarini ta’minlash davlatning muhim strategik yo‘nalishi hisoblanadi. 2025 yilda milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq 50 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilingan.
Ombudsman tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, murojaatlarni o‘rganish natijasida bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishi hamda 26 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 20 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun qayta yuborilgan.
Internet tarmog‘ida o‘tkazilgan monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlarining buzilishiga oid holatlar yuzasidan esa 23 ta jinoyat ishi va 28 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilishi ta’minlangan.
Alohida qayd etilishicha, ta’lim muassasalarida bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilganligi, shuningdek, o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun 6 nafar pedagog ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bolaga nisbatan qo‘pol xatti-harakatlari uchun 15 nafar pedagogga intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Bundan tashqari, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilganligi uchun 2 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilgani, qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organning 2 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgani ham ma’lum qilingan.
Yig‘ilish yakunida qo‘mita va siyosiy partiyalar a’zolari tomonidan bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar izchilligini ta’minlash maqsadida istiqboldagi vazifalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha qator taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
Mavzuga oid
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
16:19 / 10.04.2026