Özbekiston Professional futbol ligasi (PFL) boş direktori Diyor Imomxöjayev Superliga klublariga nega 6 nafar legioner futbolçini röyxatdan ötkazişga ruxsat berilganini tuşuntirdi.
PFL rahbarining qayd etişiça, hozirgi paytda legionerlar özbekistonlik mahalliy öyinçilardan köra kamroq maoş olmoqda.
«Legionerlar masalasida ÖFA boşqaça fikrda, PFL boşqaça fikrda. Vaholanki, futbol klublari legionerlar limiti köproq bölişi tarafdori. Ba’zi odamlar bor, legionerlar yöq bölib ketsa, futbolçilarimiz zör bölib ketadi deb öylaydi. Bu esa xato fikr. Buni vatanparvar odam sifatida ayta olaman. Faqat özimizdagi futbolçilar darajasidan zör bölib, zörman deyiş notöğri. Futbolçilarimiz Serbiyadan, Gruziyadan yoki boşqa mamlakatdan kelayotgan legionerlardan zör ekanini içki çempionatda körsata oliş kerak. Yana bir jihati – narx. Ön yillar oldin legionerlarga katta maoş tölangan va köp illatlar şular iştirokida bölgan. Kimdir şu fikrda qolib ketgan. Liga hozir barça şartnomalarni röyxatdan ötkaza oladi va şuni sizga ayta olamanki, legionerlarning 95 foizi özbekistonlik mahalliy futbolçilardan kam maoş oladi. Ya’ni, mahalliy futbolçilarning narxi sun’iy oşmasligi va balans uşlanişi uçun ham bu limit bizga kerak. Kimgadir buni tuşuntira olmayotgan bölsak, bu limit kamayişi mumkin», dedi Imomxöjayev.
Ma’lumot uçun, 2026 yildan Superliga klublari PFL qaydnomasiga 6 nafar legionerni röyxatdan ötkazib, bir vaqtning özida 5 nafarini maydonga tuşirişiga ruxsat beriladi.
Transfer oynasi yopilganidan söng e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, bu yil Superligada 83 nafar legioner röyxatdan ötkazildi. Eng köp legioner Serbiya va Gurjistondan – 13 tadan. Keyingi örinlarda Nigeriya (7), Braziliya, Şimoliy Makedoniya va Rossiya – 5 tadan.













